Kecha va kunduz romaniga "O‘tkan kunlar asari darajasida" deb baho berilgan. U o‘zbek adabiyotidagi ilk roman - dilogiya bo‘lib, ikki kitobdan iborat. Birinchi qismi "Kecha" 1933-34 yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935 yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936 yilda to‘liq holda nashr etilgan.